20:30 / 06.07.2020
5 219

+141: O‘zbekistonda COVID-19’dan xoli hududlar qolmadi

+141: O‘zbekistonda COVID-19’dan xoli hududlar qolmadi
O‘zbekistonda 6 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra 141 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 10284 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

14 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan Farg‘ona viloyatiga koronavirus qaytdi. Bungacha Farg‘ona viloyatida kasallikka chalingan 158 kishining 157 nafari sog‘ayib, 1 nafari vafot etgandi. O‘zbekistondagi tuman va shaharlarning 4 iyul holatiga ko‘ra epidemiologik toifalari ro‘yxatida Farg‘ona «yashil» hudud deb topilgandi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar qolmadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda kasallikka chalingan 10284 nafar bemordan 6584 nafari koronavirusdan sog‘aydi. 36 nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » +141: O‘zbekistonda COVID-19’dan xoli hududlar qolmadi