22:50 / 06.07.2020
2 779

Sifati kafolatlanmagan virus blokatorlarning noqonuniy savdosi fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan virus blokatorlarning noqonuniy savdosi fosh bo‘ldi
Mamlakatimizda e’lon qilingan karantin va bugungidek sinovli vaziyat o‘z navbatida butun xalqimizdan birlik va birdamlikda barcha qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishimizni talab etmoqda. Ammo ayrim fuqarolarimiz tomonidan, o‘z manfaatlari yo‘lida tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzishga urinish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro N.A. “shartli xaridor”ga oldindan kelishilgan, sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 100 dona virus blokator tibbiy vositalarini 12 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan virus blokatorlarning noqonuniy savdosi fosh bo‘ldi