07:00 / 07.07.2020
2 476

Ikki oy ichida salkam 40 ming kishi Toshkent shahrida doimiy propiskali bo‘lgan

Ikki oy ichida salkam 40 ming kishi Toshkent shahrida doimiy propiskali bo‘lgan
2020 yilning may iyun oylarining o‘zida 39 626 nafar fuqaro doimiy propiska qilingan. Ularning 13 808 nafari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxatining 1-bandi, 17 606 nafari esa 2-bandi asosida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan.

Qiyoslash uchun: 2020 yilning boshidan to 13 may kuni davlat rahbari tomonidan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun imzolangunga qadar eski tartib asosida 49 936 nafar fuqaroni doimiy propiska qilingan», deya Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Qosimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga quyida Uy-joy Kodeksining 42-moddasi (Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi), ya’ni bir kishi uchun turar joy maydoni normasi qoidasiga amal qilinadi.

«Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.

Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.

Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalarining ro‘yxati, qo‘shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi», deydi podpolkovnik Sanjar Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni propiska tizimi islohotiga doir prezident farmoni ham imzolangan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki oy ichida salkam 40 ming kishi Toshkent shahrida doimiy propiskali bo‘lgan