3 604
Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmaganini aytdi
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi hali o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqmadi, kasallar soni o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Qalampir.uz» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Yo‘q, hali ‘pik’ holatga chiqqanimiz yo‘q. Biz o‘sishda davom etyapmiz», — deb ta’kidlagan sog‘liqni saqlash vaziri.
Shuningdek, vazir koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyat va karantin cheklovlari qachongacha davom etishi mumkinligi haqida ham o‘z fikrini bildirgan.
«Buni shu kungacha ko‘plab olimlar bashorat qilishga harakat qildi. Lekin birortasining taxmini to‘g‘ri chiqqani yo‘q. Shuning uchun men ham bashorat qilmayman. Aytish juda qiyin», — dedi Alisher Shodmonov.
Vazir O‘zbekistonda koronavirusdan saqlanishning muhim vositasi tibbiy niqob taqish, ozodalikka rioya qilish va ijtimoiy masofa saqlash ekanini aytib, kasallikning to‘xtashi odamlarga bog‘liqligini ta’kidladi.
«Hammasi siz-u bizga, xalqimizga bog‘liq. Aniq qoidalar bor. Ularga rioya etilsa, itoat qilinsa, biz bu kasallik ustidan g‘olib chiqa olamiz. Shundagina kasallikdan 2-3 oyda qutilib ketishimiz mumkin. Aks holda bu virus uzoq yillar davomida organizmimizda saqlanib qolishi mumkin», — dedi sog‘liqni saqlash vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?