13:07 / 07.07.2020
2 590

«Abu Saxiy» bozori yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan

«Abu Saxiy» bozori yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan
Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida virusga chalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«6 iyul kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida joylashgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyun kuni ham «Abu Saxiy» savdo markazi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi, ammo savdo markazi faoliyati davom ettirilayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Abu Saxiy» bozori yopildi, bozorda virusga chalinganlar aniqlangan