13:40 / 07.07.2020
2 579

Namanganda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Namanganda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati
Namangan shahar IIO FMB TEQKB 30 iyun kuni Jinoyat qidiruv bo‘limi va DXX tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namanganlik fuqaro 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxsga qimor uchun xonadonida sharoit yaratib bergan.
Voqea joyidan jami 34 867 000 so‘m pul, 1120 AQSH dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bunga qadar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onada yashash uyida tashkil etilgan qimorxonalar faoliyatiga chek qo‘yilib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi