18:23 / 07.07.2020
3 499

Toshkentda yana bir uyida davolanishga uringan bemor vafot etdi

Toshkentda yana bir uyida davolanishga uringan bemor vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 40 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirusga chalingan 79 yoshli bemor o‘tkir yurak-qon tomin va nafas yetishmovchiligidan vafot etganini ma’lum qildi.

«Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.

Unga COVID-19, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.
Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi
», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik bugun ertalab Samarqandda koronavirusdan yana bir o‘lim qayd etilgani haqida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov bugun tushdan keyin e’lon qilingan videomurojaatida «kuni kecha» viloyatda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etilganini bildirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha bu borada izoh berganicha yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana bir uyida davolanishga uringan bemor vafot etdi