O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov “O‘zbekiston24” telekanali orqali chiqishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi barcha shifoxonalarda yetarlicha joylar mavjud, barcha jihozlar, dori-darmonlar, laboratoriyalar yetarli, shifokorlar koronavirus sharoitida ishlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.
“Ammo qars ikki qo‘ldan chiqadi. Xalq ham vaziyat jiddiyligini tushunishi lozim. Hozirda bizda vafot etganlarning 13 foizi 40 yoshgacha bo‘lsa, ming afsuski, 3 foizi 20 yoshgacha bo‘lganlardir. Odamlar bunga jiddiy e’tibor qaratishlari kerak. Talab qilinadigan narsalar esa juda oddiy: gigiyena qoidalariga rioya qilish va o‘zini ehtiyot qilish. Afsuski, oramizda shunday odamlar borki, ular “koronavirus bor narsami o‘zi? Masalan, men ko‘rmadim. Birorta ham tanishim, qarindoshim bunday kasal bo‘lmadi”, deb ochiqchasiga gapirib yuribdi. Odamlar niqob taqmayapti, bir joyda ko‘pchilik bo‘lib to‘planmoqda”, dedi Oqilov.
Uning ta’kidlashicha, o‘zini o‘zi ehtiyot qilish instinkti barcha uchun odat tarziga aylanishi kerak.
“Koronavirus bor va unga juda jiddiy qarash kerak. Chunki rivojlangan mamlakatlarda vaziyatni yetarlicha baholamaslik ayanchli oqibatlarga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz. Bizda vaziyat nisbatan yaxshi, o‘lim darajasi 0,03 foiz. Ammo vaziyat ertaga butunlay o‘zgarib ketishi mumkin, bundan hech kim sug‘urtalanmagan. Xalq to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri yondashishi kerak”, dedi professor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi