00:18 / 08.07.2020
3 280

Farg‘onaning “Qalampir qishlog‘i” sahovatpeshalikda o‘rnak bo‘lmoqda

Farg‘onaning “Qalampir qishlog‘i” sahovatpeshalikda o‘rnak bo‘lmoqda
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida Mirzaobod qishlog‘i “qalampir” yetishtirish bo‘yicha Respublikamizga dong‘i ketgan qishloqlardan. Bu qishloqdagi dehqon va tadbirkorlar qalampir ekish va yetishtirishda, shuningdek mehnatsevarligi bilan hammaga o‘rnak desa ham bo‘ladi. Mirzaobod qishlog‘ining tadbirkorlari qalampirni qayta ishlab, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va qator xorijiy davlatlarga eksport qilishi ham ko‘pchilikka ayon.

Bu qishloq aholisi o‘zining nafaqat tadbirkorligi va mirishkor dehqonlari bilan balki, o‘zining “Saxovatpeshaligi” bilan ajralib turadi.
Bunga yaqqol misol sifatida qishloq aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan bir savobli ishni aytish mumkin.

....Mirzaobod qishlog‘ida unib o‘sib, ushbu qishloqning umumta’lim maktabida uzoq yillar mobaynida yoshlarga ta’lim berib kelgan, ustoz Qoraboyev Nodirjon bir necha yildan beri “ikki buyrak” yetishmovchiligidan aziyat chekib kelmoqda. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, N.Qoraboyev Hindiston davlatida operatsiya qilinishi lozimligi, bu esa bir qancha mablag‘ talab qilishi xammaga ayon.

Ushbu qishloqda yashovchi yoshu-qarilar qishloqning yetuk farzandi, ustozi sog‘ayib ketishi uchun 7 yoshdan 70 yoshgacha qo‘llaridan kelganicha ushbu mablag‘ni to‘planishi uchun uning oilasiga yordam bermoqda.

Jumladan, “Qalampir” qishloqning tadbirkorlari va ustozning shogirdlaridan tortib, qishloqdagi keksalargacha qo‘llaridan kelganicha domlaning sog‘ayishi uchun o‘z yordamlarini darig‘ tutayotganlari yo‘q. “Qalampir” qishloqning o‘z hamqishloqlarini, ustozlarini moddiy va ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlayotgan Mirzaobod ahliga ko‘pchilik saxovatpeshaligi, ahilligi uchun xavas qilmoqda.

Chunki, Mirzaobod qishlog‘ining aholisi o‘z ustozining dardini yengillashtirish maqsadida o‘zining samarali harakatlarini amalga oshirmoqda. Xozirda Mirzaobodning ko‘pchilik yoshlariga ta’lim bergan ustozning Xindiston davlatiga borib, operatsiya qilinishi uchun qishloq aholisi tomonidan bir qancha mablag‘ yig‘ilgan va bu davom etmoqda.

Qalampir qishlog‘ining aholisi saxovatpeshaligi bilan yoshu keksalarining bir-tanu bir-jon bo‘lib savobli ishni amalga oshirayotganligini, hamqishlog‘ining dardiga darmon bo‘layotganligini, faqat xavas bilan kuzatish mumkin.

Saytimiz hodimlari ham Mirzaobod qishlog‘ining farzandi, yoshlarning ustozi bo‘lgan Nodirjon Qoraboyevga yaratgandan shifo so‘rab, tez kunlarda sog‘ayib, “Qalampir” qishlog‘ining yoshlariga ta’lim berishda davom etishini tilaydi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onaning “Qalampir qishlog‘i” sahovatpeshalikda o‘rnak bo‘lmoqda