13:30 / 08.07.2020
2 598

Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 iyul kuni soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi (1988 yilda tug‘ilgan Y.P.) Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
«YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi va 28 yoshli A.X. ismli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan», — deyiladi xabarda.

Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Avvalroq Toshkentning Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida 5 kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, 150 ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobil 2020 yilning yanvar oyida foydalanishga topshirilgandi. 7 iyul kuni esa O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 15 ta yangi reanimobil xarid qilgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi