23:33 / 08.07.2020
3 207

Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi

Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berilganidek, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 77 nafar bemor sog‘aygandi.
Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 249 nafar inson koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 3 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, 217 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi