00:22 / 09.07.2020
3 787

Qidiruvdagi mashinalar topildi

Qidiruvdagi mashinalar topildi
Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 29 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Adir jannat mevasi” fermer xo‘jaligi hisobidan da’vogar “Nishonovlar dala hovlisi” fermer xo‘jaligi foydasiga 78 100 ming so‘m boy berilgan foydani undirib berilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 16.01.2019 yilda javobgarga tegishli bo‘lgan “VAZ 21051” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning qidiruv hodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida joriy yilning 30 iyun kuni “VAZ 21051” rusumli avtotransport vositasi topildi. Avtomashina xatlanib, Asaka tumani IIB YXXBning jarima maydoniga olib kirildi.

Shuningdek, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 06.05.2019 yil kungi qarzdor “Oltinko‘l Agroservis” MTP MCHJdan undiruvchi Oltinko‘l tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi foydasiga 176 146 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga tegishli “NEXIA DONC” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingan. Ushbu transport vositasi 02.07.2020 yil kuni Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi qidiruv xodimi tomonidan topilib, ushlandi.

Hozirda yuqoridagi transport vositalarini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi mashinalar topildi