09:11 / 09.07.2020
2 962

Samarqandda shifoxona qorovuli va shifokorini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Samarqandda shifoxona qorovuli va shifokorini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)
Samarqand shahrida 3 iyul, juma kuni 26 yoshli fuqaro Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining qorovuli va shifokorini urgani uchun unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 iyul kuni soat 16:30 da 26 yoshli fuqaro X.K. Samarqand shahrida joylashgan Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kirish darvozasi oldida shifoxona qorovuli 20 yoshli F.M. va shifokori 48 yoshli F.M. bilan janjallashgan. Fuqaro X.K. otasini shifoxonadan avtoulovida olib chiqib ketishni ro‘kach qilib, markaz hududiga kirishini bildirgan. Kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida fuqaro shifoxona xodimlari bilan janjallashib, har ikkalasiga ham tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifoxona qorovulida burun sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va burun suyagining sinishi kabi jarohatlar mavjud bo‘lib, ushbu jarohatlar sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi aniqlangan.

Tibbiyot markazi shifokorida birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, chap yonoq, pastki jag‘ yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va bosh miya chayqalishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 7 iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hodisa joyidan olingan videotasvirda shifoxona qorovuli va shifokori janjal vaqtida X.K.ga ham tan jarohati yetkazganligi aks etgan. Shu sababli tergov yakuniga ko‘ra, protsess ishtirokchilarning har biriga qonunda belgilangan chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda shifoxona qorovuli va shifokorini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)