10:50 / 09.07.2020
3 101

«Hammamiz jilovni qo‘yib yubordik» — Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida

«Hammamiz jilovni qo‘yib yubordik» — Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidladi.

Xususan, davlat rahbari mamlakatda 10 iyuldan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirilishi munosabati bilan viloyat rahbarlariga aholiga murojaat qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Hammamiz salgina jilovni qo‘yib yubordik. Juda katta choralar ko‘rgandik, dunyo hamjamiyati O‘zbekistondagi tizimni tan olgandi. Biz majburmiz bu cheklovlarni qilishga. Temir intizom bilan, albatta, biz buni yengamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bilan birga, davlat rahbari hozirgi vaziyat bo‘yicha aholiga zarur ma’lumotlarni yetkazib berayotgani uchun OAV vakillariga minnatdorlik bildirdi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ular bilan uchrashib, har bir cheklov nima sababdan joriy qilinganini tushuntirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiyot tarmoqlaridagi faoliyat to‘xtatilmaydi. Prezident hamma pandemiya sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10 iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi «qizil» bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hammamiz jilovni qo‘yib yubordik» — Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida