19:13 / 09.07.2020
2 758

Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan bir qancha jinoyatlar, o‘g‘irlik va tovlamachilik qilgan jinoiy guruh fosh qilindi

Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan bir qancha jinoyatlar, o‘g‘irlik va tovlamachilik qilgan jinoiy guruh fosh qilindi
Buxoro viloyatida jinoiy guruh sifatida tovlamachilik, o‘g‘irlik, firibgarlik jinoyatlarini sodir etgan va tanishlarining pullari hamda buyumlarini talon-toroj qilgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, voyaga yetmagan 17 yoshli L.X. 19 yoshli B.R. va M.K. bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tanishi G.Y. bilan yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Shu orqali G.Y.ning ishonchini qozonib, 2019 yil 11 dekabrdan 2020 yil 6 yanvarga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zining turli og‘ir vaziyatlarga tushib qolganligi, ushbu vaziyatlardan chiqishi uchun pul kerakligi to‘g‘risidagi yolg‘onlariga ishontirib, G.Y.ning jami 27 million 97 ming 486 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, 2020 yilning 19 yanvar kuni soat 16:00 da 23 yoshli A.X. (ayol) jinoiy sheriklari M.K. va voyaga yetmagan L.X. bilan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro J.S.ning yashash xonadonida 25 ming AQSH dollari miqdoridagi pullar borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. A.X.ning tuzgan jinoiy rejasiga ko‘ra, L.X. xonadon egasi J.S.ni hammomga chaqirib, chalg‘itib xonadon kalitini olib, dublikat yasattirgan va uni M.K.ga bergan. M.K. mazkur kalit dublikati bilan J.S.ning uyiga 3 marta kirishga erishib, qimmatbaho buyumlarni va pullarni qo‘lga kirita olmasdan o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishga suiqasd qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Shuningdek, voyaga yetmagan L.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 28 yanvardan 4 fevralga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida G.Y. yaqin munosabatda bo‘lganligidan foydalanib, uning fotosuratlarini internet tarmoqlariga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, bahosi 27 million 800 ming so‘mga teng bo‘lgan mulkini qo‘lga kiritib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilgan.

Bundan tashqari A.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil fevraldan 2020 yil mart oyi o‘rtalarigacha jinoiy sheriklari B.R. va voyaga yetmagan L.X. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Buxoro shahrida yashovchi M.M. (ayol)ning ishonchini suiiste’mol qilib, unga tanishi G.Y. (ayol) jinoiy sheriklari B.R. va L.H.ning ustidan IIBga murojaat qilganligini, bu ish natijasida B.R. qamalib ketishi mumkinligini, ushbu ishlarni hal qilishda advokat xizmati uchun pul berishi lozimligi to‘g‘risida yolg‘on gapirgan. M.M.dan 1800 AQSH dollarini tez kunlarda qaytarib berishni va’da qilgan holda qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, A.X. 2020 yil mart oyining o‘rtalarida jinoiy sheriklari B.R. va L.X. bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zi tomonidan tuzilgan reja asosida Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband ko‘chasida yashovchi M.M.ning uyiga kelib, B.R. uy ichida M.M.ni boshqa xonada chalg‘itib turganligidan foydalangan, voyaga yetmagan L.H. mehmonxonadagi servantda bo‘lgan jami 74,5 million so‘mlik pullar va qimmatbaho taqinchoqlarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik), 165-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida M.K. Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari, B.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a, b», 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (O‘g‘irlik) bilan, voyaga yetmagan L.X. mazkur kodeksning 168-moddasi 2-qismi «a, b» bandi (Firibgarlik), 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari bilan (O‘g‘irlik), A.X esa Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari (O‘g‘irlik) va 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayblov e’lon qilinib, M.K., L.X. va A.X.ga nisbatan qamoqqa olish, B.R.ga nisbatan garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilgan va protsessual tartibda Buxoro shahar prokuraturasiga tegishli sudlov masalasini hal qilish uchun yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan bir qancha jinoyatlar, o‘g‘irlik va tovlamachilik qilgan jinoiy guruh fosh qilindi