23:30 / 09.07.2020
3 212

OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin

OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020 yilda talabalikka qabul qilinadigan 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda oyida boshlashi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov 9 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, epidemiologik vaziyat o‘nglanmasa, OTMga kirish imtihonlarining surilishi masalasini ayni paytda oldindan aytib bo‘lmaydi.

«Test – OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan sinov. Yuqori kurslarning darsini vaqtliroq boshlash mumkin. 1-kurslarni oktabrda boshlash mumkin. Respublika maxsus komissiyasi vaziyatga qarab takliflar asosida qaror qabul qiladi», dedi DTM rahbari.

Uning qayd etishicha, OTMga talabalarning test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin emas. Komissiya qarori bilan yakuniy xulosa ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 8 iyul, chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha axboroti yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan keyin turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Davlat test markazi mazkur xabarlarni rad etdi va davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin