10:50 / 10.07.2020
2 207

Hokimliklarning ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari olib qo‘yildi

Hokimliklarning ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari olib qo‘yildi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (429-son, 07.07.2020 y.).
Hujjat bilan Prezidentning 2019 yil 9 dekabrdagi PQ–4546-son qaroriga ko‘ra davlat organlari tomonidan talab qilish va mahalla tomonidan berish taqiqlangan 28 turdagi hujjatlar bilan bog‘liq Hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga o‘tkazildi.
Xususan:
  • Chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash – Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalariga;
  • Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga;
  • Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar berish – tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimliklarning ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari olib qo‘yildi