12:21 / 10.07.2020
2 117

“Cho‘g‘lanma lampa”larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

“Cho‘g‘lanma lampa”larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro K.E.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75,4 million so‘mlik 7540 dona cho‘g‘lanma lampochkalar noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga ko‘ra, elektr cho‘g‘lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Cho‘g‘lanma lampa”larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi