15:02 / 10.07.2020
2 116

Namanganda sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namanganda sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: Tergov departamenti
Namangan viloyatida 8 iyul kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sement ortilgan Isuzu yuk mashinasi Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘li bo‘ylab Pop tumaniga ketayotgan bo‘lgan. 28 yoshli J.J. ismli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi jarlikka ag‘darlib tushgan.

Foto: Tergov departamenti
Haydovchi va mashina ichida bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi