20:42 / 10.07.2020
3 495

Toshkentda yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi e’lon qilindi

Toshkentda yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi e’lon qilindi
“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma’lumotiga ko‘ra, 10 va 11 iyun kunlari poytaxtda shamol, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin. Shunga ko‘ra Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirmoqda:

"Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz.

O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi e’lon qilindi