07:27 / 11.07.2020
3 399

«Samarqand shahrida ahvol yomonlashib bormoqda» – Turdimov samarqandliklarga murojaat qildi

«Samarqand shahrida ahvol yomonlashib bormoqda» – Turdimov samarqandliklarga murojaat qildi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat aholisiga murojaat qilib, koronavirus tarqalishi bo‘yicha axborot berdi. Viloyat hokimi vaziyat yomon ekanini murojaat davomida bir necha bor eslatib o‘tdi.

«Vaziyat yomon tomonga qarab ketyapti. Viloyatda bir kunning ichida, 10 iyul kuni 37ta holat aniqlandi. Kasallanganlarning jami soni 573 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 475 nafari sog‘aygan. Davolanayotgan bemorlardan 3 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, 18 nafar bemor og‘ir ahvolda qolmoqda. 2 775 nafar fuqarolar karantinda bo‘lib turibdi», degan Turdimov.

Viloyat hokimi Samarqand shahrida vaziyat jiddiy ekanini alohida ta’kidlab, bir kunda 27ta holat aniqlanganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Past Darg‘om tumanida 3 nafar, yana qator tumanlarda 1 nafardan bemor aniqlanganini aytdi. Hokim aholini vaziyatga jiddiy qarashga chaqirdi.

«Respublika bo‘yicha bugundan e’lon qilingan karantinga jiddiy qarashingizni so‘rayman. Chunki ko‘rsatkichlar yaxshi tomonga ketmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda guvoh bo‘lyapmiz, odamlar «bu yo‘q narsa, o‘ylab topilgan», deb karantin qoidalarin qo‘pol ravishda buzishyapti. Men bekorga 3 nafar fuqaroning o‘ta og‘ir ahvolda ekanligini, 18 kishi og‘ir holatdaligini aytmayapman. Bor narsa ekanki, shunday ko‘rsatkichlar kuzatilyapti. O‘zimizni, bir-birimizni asramasak, o‘lim holatlari ko‘payishi mumkin. Buning oldini olishimiz, fuqarolarimizni asrashimiz kerak. Asosiy maqad shu.

Joylarda barcha tuman hokimlari, mutasaddi tashkilotlar kam ta’minlangan oilalarga, ishini yo‘qotgan, qiynalgan oilililarga oziq-ovqat ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib boradi
», dedi hokim.

Turdimov fuqarolardan o‘zlarida kasallik alomatini sezgan zahoti tibbiy muassasalarga murojaat qilishini so‘radi: «Fuqarolarimiz koronavirusga yo‘liqqandan keyin o‘zlaricha davolanib, pnevmaniyaga aylangandan so‘ng tibbiy muassasalarga murojaat qilmoqda. Isitma paydo bo‘ldimi darhol tibbiy muassasaga murojaat etishingizni so‘rayman. Tibbiyot xodimlari, mutaxassislar kerakli choralarni ko‘rishadi.

O‘zimni davolayman, tez o‘tib ketadi, bu o‘tkinchi narsa, ikkita tabletka ichsam, yaxshi bo‘laman, degan narsadan yiroq bo‘ling, darhol tibbiyot muassasasiga xabar bering. Agar birlashsak, koronavirusni yengamiz
», deb so‘zini yakunladi Erkinjon Turdimov.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Samarqand shahrida ahvol yomonlashib bormoqda» – Turdimov samarqandliklarga murojaat qildi