11:50 / 11.07.2020
10 968

Uyda koronavirusdan davolanayotganlar qanday dorilarni ichishi kerak?

Uyda koronavirusdan davolanayotganlar qanday dorilarni ichishi kerak?
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda savollarga javob berdi.

Savol: Koronavirusga chalingan, lekin kasallikning alomatlari bo‘lmagan bemorlar, yangi qoidalarga muvofiq, uy sharoitida kuzatuvda bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim?

Javob: Simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga haqiqatdan ham uy sharoitida kuzatuvda bo‘lishga ruxsat berildi. Kuzatuvni oilaviy poliklinikadan umumiy amaliyot shifokori olib borishi shart!
Har kuni telefon orqali bemor bilan bog‘lanib, uning ahvolidan, tana harorati va boshqa shikoyatlari bor-yo‘qligidan xabardor bo‘lishi kerak.

Uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi lozim;
- jismoniy faollik, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarish, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim;
- idish-tovoqlari bir marotaba ishlatiladigan yoki o‘zi uchun individual bo‘lishi kerak;
- dori vositalaridan faqat qonni suyultiruvchi va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin;
- agar kuzatuv davrida qandaydir shikoyatlar paydo bo‘lsa: yo‘talish, tomoq qirilishi, ta’m yoki hid sezishning buzilishi, tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan oila shifokoriga yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shifoxonaga o‘tkazilishi lozim".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyda koronavirusdan davolanayotganlar qanday dorilarni ichishi kerak?