14:12 / 11.07.2020
1 356

Sartaroshxonalar yana yopiladi, dam olish kunlari stikersiz avtomobillar harakati butunlay to‘xtatiladi

Sartaroshxonalar yana yopiladi, dam olish kunlari stikersiz avtomobillar harakati butunlay to‘xtatiladi
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda navbatdagi karantin cheklovlari joriy etildi.
Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritildi:

- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati to‘xtatiladi;
- mahalliy (ichki) aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi to‘xtatiladi;
- 65 yoshdan oshgan shaxslarga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, joriy yil 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
- aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
- davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)