Foto: Videolavhadan skrinshot
Komil Allamjonov Telegram-kanaliga joylagan videomurojaatida kasallikni qanday kechirgani haqida so‘zlab berib, o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda ayrim maslahatlarni bergan.
«Bir necha kun oldin menda harorat ko‘tarilishi va holsizlik sezildi. Haroratimni o‘lchab ko‘rsam, 37,1 – 37,2. Juda ham holsizlanib, badanimda og‘riqlar paydo bo‘ldi. Test topshirib ko‘rsak, menda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng shifokorlarga murojaat qildim. O‘pkamni MRT qilishdi, umumiy qon tahlili topshirdim. Shunga asosan, menda yengil shakldagi koronavirus kechayotganini aytishdi va men o‘z uyimda, oila a’zolarimdan alohida bo‘lgan sharoitda, ulardan izolyatsiyada bo‘lgan holda ushbu kasallikni boshimdan o‘tkazdim», – deydi Allamjonov.
U asosan grippga chalinganda qilinadigan muolajalarni olish tavsiya qilinganini aytgan. Shifokorlar tavsiyasiga asosan har ikki soatda haroratini o‘lchab turgani, kuniga 5-6 litrgacha suv ichgani, ikki marta harorati 39 darajadan oshgandagina isitmani tushiruvchi dori ichgani, burun-tomog‘ini chayib turgani, S vitamini qabul qilgani, uch kunda isitmasi o‘tib ketgach qisqa yo‘tal boshlanib, shifokorlar unga antibiotik yozib bergani va 5 kun davomida antibiotik qabul qilgani, ma’lum vaqt hid bilish qobiliyati yo‘qolganini aytadi.
«Videomurojaatimdan asosiy maqsad shuki, juda ko‘pchilik shamolladim deb o‘ylab, koronavirusga chalinganini bilmay qolyapti. Men ana shunday hamyurtlarimizga avvalo vahimaga tushmaslikka va albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilaman», – degan Komil Allamjonov.
36 yoshli funksioner shifokor bilan maslahatlashmay turli dorilar qabul qilmaslikni ham maslahat bergan.
«Bugun 12-kun, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Yo‘tal, dimog‘im bitishi to‘xtadi. Harorat ko‘tarilishi uch kundan keyin o‘tib ketgan», – degan Allamjonov.
U ko‘pchilik qatori avvaliga jiddiy xavotirga tushganini ta’kidlagan. «Lekin hammasidan o‘tib oldim. Xudoga shukr, hozir ancha yaxshiman, butunlay tuzalib ketdim, oila a’zolarim bilan muloqotga kirishdim», degan u.
Komil Allamjonov videomurojaati yakunida karantin qoidalariga rioya qilishga va turli dorilar bilan o‘z-o‘zini davolashga urinmaslikka chaqirgan.
«Arzimagan vositalar bilan davolanish mumkin bo‘lgan joyda o‘zingizni o‘zingiz turli boshqa kasalliklarga ham chalintirib qo‘yishingiz mumkin», – degan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbari.
Mazkur videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDЕO “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi