16:33 / 11.07.2020
2 266

Toshkentda «Lasetti» avtomashinasi Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi (foto)

Toshkentda «Lasetti» avtomashinasi Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi (foto)
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Voqea bugun, 11 iyul kuni soat 06:30larda, Shayxontohur tumani Bunyodkor va Seul ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan.
«Haydovchi M.U. (1986 y.t.) «Lasetti» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib (sababiga aniqlik kiritilmoqda), ko‘prik ustidagi temir panjarani buzib o‘tib, Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan», – deyiladi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotida.

Natijada «Lasetti»ning 34 yoshli haydovchisi voqea joyida vafot etgan.




Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz», – deya ta’kidlangan IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Lasetti» avtomashinasi Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi (foto)