16:53 / 11.07.2020
2 049

Oshxona pichoqlari deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida nima edi?

Oshxona pichoqlari deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida nima edi?
Bojxona organlari tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar ustidan samarali bojxona nazoratini amalga oshirish orqali noqonuniy tovarlarni aniqlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan olib kelingan kurerlik jo‘natmalari tegishli hujjatlar o‘zaro nomuvofiqligi sababli o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida “oshxona pichog‘i” deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida qiymati 51,5 million so‘mlik uyali aloqa vositalari ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oshxona pichoqlari deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida nima edi?