17:47 / 11.07.2020
985

Toshkentda 2 kg simob moddasini sotayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi

Toshkentda 2 kg simob moddasini sotayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida, yo‘l chetida fuqaro M.M.ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so‘mlik 2 kg. simob moddasini «shartli xaridor»ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, simob va simobli birikmalar – davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)