08:48 / 12.07.2020
4 658

Buxoroda 3 nafar farzandli ayolni Dubayga fohishalikka jo‘natishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi

Buxoroda 3 nafar farzandli ayolni Dubayga fohishalikka jo‘natishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi
Buxoro viloyatida tekin daromad orttirish maqsadida uch nafar farzandi bor ayolni BAAning Dubay shahriga fohishalikka jo‘natayotganda qo‘lga olingan ayolga sud hukmi o‘qildi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Viloyat IIB mas’ul xodimi Halim Kamolovning ma’lum qilishicha, 2019 yilning 28 avgust kuni odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan Buxoro tumanida yashovchi 52 yoshli Gulnora Xolboyeva (barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) Buxoro shahrida yashovchi 35 yoshli Abera Yodgorovani Dubayga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan.

Turmush o‘rtog‘idan ajrashgan va uch nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashab kelgan Abera Yodgorova Gulnora Xolboyevaga chet elga borib ishlamoqchiligini, lekin ishonchli odam topolmayotganini, imkoni bo‘lsa, go‘zallik salonida ishlay olishi mumkinligini bildirgan. Odam savdosi bilan shug‘ullanishni kasb qilgan Gulnora Xolboyeva ishga kirishgan.

Gulnora Xolboyeva Abera Yodgorovani Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi mehmonxonalarda fohishalik qilish orqali ko‘p pul topishga ishontiradi va uni yollashga erishadi.

Gulnora Xolboyeva Dubayda yashab kelayotgan samarqandlik tanishi Amina Safarova orqali Abera Yodgorova nomiga BAAning Abu-Dabi shahriga kirish huquqini beruvchi viza va Dubay shahriga borishi uchun chipta rasmiylashtirishga erishadi. Evaziga Abera Yodgorovaga Dubayga borganidan so‘ng ushbu chipta va viza to‘lovlari uchun 700 dollar va fohishalik qilishiga sharoit yaratib berishi uchun 4000 dollari ishlab berish majburiyatini qo‘yadi. Shuningdek, bolalariga kiyim-kechak olib berishi va boshqa xarajatlari uchun berilgan 300 dollarni 400 dollar qilib qaytarish shartini qo‘ygan.

Abera Yodgorova xorijga jo‘namay turib, shahvoniy ishlarga jalb qilinishini, ustiga-ustak bo‘yniga qarzlar ilinayotganini anglab yetadi hamda Buxoro viloyat IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi Nodir Sharopovga ko‘ra, fuqaro Gulnora Xolboyeva ilgari ham sudlangan bo‘lishiga qaramay, xulosa chiqarmagan. Sud aybiga iqror bo‘lgan ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismining «e» bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, odam savdosi bilan shug‘ullanish) bilan ayblab, unga to‘rt yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 3 nafar farzandli ayolni Dubayga fohishalikka jo‘natishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi