09:33 / 12.07.2020
2 376

Qirg‘izistondan Norin daryosi orqali qarmoqda giyohvand modda olib o‘tgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistondan Norin daryosi orqali qarmoqda giyohvand modda olib o‘tgan shaxs ushlandi
Foto: IIV Tegov departamenti.
Namanganda qo‘shni Qirg‘izistondan giyohvandlik vositasi olib o‘tgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda IIV Tegov departamenti.

Ma’lum bo‘lishicha, 3 iyul kuni soat 23:00 da 59 yoshli S.K. Qirg‘iziston fuqarosi M. ismli shaxs bilan jinoiy til biriktirib bojxona nazoratini chetlab, M.ning yordamida Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni ajratib turuvchi, bojxona nazorati o‘rnatilmagan Norin daryosi orqali, daryoning Qirg‘izistondagi qirg‘og‘idan O‘zbekistondagi qirg‘og‘iga qarab, baliq tutishga mo‘ljallangan qarmoq yordamida gashish giyohvandlik vositasini olib o‘tkazgan. Shundan so‘ng S.K. ushbu giyohvandlik vositasini yashash uyi darvozaxonasiga olib borib, yashirib qo‘ygan.

5 iyul kuni S.K. o‘zining tanishi 44 yoshli R.A. bilan jinoiy til biriktirib, 513,53 gramm gashish giyohvandlik vositasini 3500 dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida S.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyida 0,21 gramm marixuana, 13,47 gramm gashish va 0,74 gramm ko‘knor somoni giyohvandlik vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, mazkur vositalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilib, S.K. va R.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistondan Norin daryosi orqali qarmoqda giyohvand modda olib o‘tgan shaxs ushlandi