14:46 / 12.07.2020
1 789

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga qaraganda «deyarli ikki barobar ko‘p» test olinayotgani aytildi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga qaraganda «deyarli ikki barobar ko‘p» test olinayotgani aytildi
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev fuqarolar o‘zlarida koronavirus belgilarini sezmayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zicha borib test topshirish kerak emasligini ta’kidladi.

«Aholidan ham iltimos qilaman, test birinchi navbatda bemorlardan, karantindagi fuqarolardan va klinik belgilari bor shaxslardan olinadi. Aynan shu toifa fuqarolardan birinchi navbatda test olinadi. Undan keyin boshqa aholi qatlamlaridan.

Hech qaysi davlat yuz foiz aholini test bilan qamrab olmagan. Buning imkoni yo‘q. Misol keltiraman, Janubiy Koreya davlatida ham O‘zbekistondagi kabi kuniga 20 mingta test olinadi. Bu – mingta aholiga o‘rtacha 26tani tashkil etadi. Endi O‘zbekistonni olsak, biz ham kuniga 22 mingta test olamiz, bu – ming nafar aholiga nisbatan 42 kishini tashkil etadi. Demak, deyarli ikki barobar ko‘p.

Men nimaga e’tibor qaratmoqchiman, biz birinchi navbatda tartib-intizomga rioya qilishimiz kerak. To‘g‘ri, sog‘liqni saqlash tizimi o‘z vazifasini bajaradi. Lekin aholi sanitariya-epidemiologiya talablariga albatta rioya etishi kerak
», – dedi O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya vrachi 12 iyul kuni «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga qaraganda «deyarli ikki barobar ko‘p» test olinayotgani aytildi