17:11 / 12.07.2020
1 556

O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir etilgan YTHlarning qariyb 650 tasi o‘lim bilan yakunlangan

O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir etilgan YTHlarning qariyb 650 tasi o‘lim bilan yakunlangan
O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi yarmida (yanvar—iyun oylari) jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi yarmidagi YTHlarga (2564 ta) nisbatan deyarli 7 foizga kam, deb xabar bermoqda IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi.

Ushbu YTHlardan o‘lim bilan yakunlangan holatlar soni 642 tani tashkil etgan, shuningdek, 1746 ta YHTda esa tan jarohati olingan qayd etilgan.

Yo‘l-transport hodisalarining 1154 tasi (48,3 foizi) piyodalar, 383 tasi (16 foizi) bolalar va 101 tasi (4,2 foizi) velosipedchilar ishtirokida sodir etilgan.

YTHlarning 26,2 foizi piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi, 14,5 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 10,3 foizi piyoda yo‘lga to‘satdan chiqib qolishi, 7 foizi quvib o‘tish yoki qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 5,3 foizi velosipedlar yo‘lning qatnov qismida harakatlanishi, 5,1 foizi haydovchilarning rulda uxlab qolishi va 4,2 foizi avtomobilni mast holatda boshqarish sabablariga ko‘ra yuz bergan.

Yo‘l transport hodisalarining 61 foizi kunduzi, 39 foizi tunda sodir etilgan. YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra yo‘llarning jami 13,2 foizida yoritgichlar o‘rnatilgan xolos.

Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH Farg‘ona viloyatida — 357 ta, Toshkent viloyatida — 304 ta va Toshkent shahrida — 274, eng kami esa Sirdaryo (55 ta), Jizzax (59 ta) va Navoiy (78 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir etilgan YTHlarning qariyb 650 tasi o‘lim bilan yakunlangan