17:53 / 12.07.2020
2 279

Toshkent va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Toshkent va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 149 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 12 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon viloyatida ( shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida) 76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 342ta yangi holat aniqlandi. Shu vaqtgacha 7723 nafar bemor tuzalib chiqqan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 5073 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 5 nafari og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Andijonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi