23:10 / 12.07.2020
2 939

Tashqi ishlar vazirligi «G‘isht ko‘prik» chegara posti yaqinida 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi

Tashqi ishlar vazirligi «G‘isht ko‘prik» chegara posti yaqinida 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi
Foto: Tengrinews
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Qozog‘iston bilan chegara hududida 3000 nafardan ziyod o‘zbekistonlikning to‘plangani yuzasidan rasmiy axborot berdi.

«O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda ‘Jibek joli’—‘G‘isht ko‘prik’ nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosining to‘planishi kuzatilmoqda.

Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turibdi, fuqarolar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan», — deyiladi TIV xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 1 iyuldan buyon 2700 dan ortiq o‘zbekistonlik, asosan kasallar, qariyalar, homilador va yosh bolali ayollar O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda texnik sabablarga ko‘ra fuqarolarning davlatlararo chegaradan o‘tishi cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.

«Jibek joli» o‘tkazish punkti orqali fuqarolarning O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi
», — deyiladi TIV axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashqi ishlar vazirligi «G‘isht ko‘prik» chegara posti yaqinida 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi