22:46 / 12.07.2020
2 169

Markaziy Osiyo, baxtlilar va baxtiyorlar

Markaziy Osiyo, baxtlilar va baxtiyorlar
Shu yil boshida Gallup International buyurtmasi asosida o‘tkazilgan so‘rov esa, Qozog‘iston bugun dunyoning eng baxtli to‘rtta davlatidan bittasi ekaniga dalolat qilgan. Bu borada Rossiya ilova dunyoning yana o‘nlab davlatlari Qozog‘iston bilan bellasha olmagan.

So‘rov jarayonida Qozog‘iston aholisining 80 foizdan ortiqrog‘i o‘zining baxtli ekanini aytgan.
Rossiya aholisi esa, o‘zini tobora baxtsizroq his etib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Bugun Rossiyada o‘zini baxtliman, deguvchilar soni ellik foizga ham yetmagan.
Bunaqasi o‘tgan olti yilda kuzatilmagani bilan so‘rov mualliflarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortgandi.

Bu ikki davlatda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni ja’mi millionlarga yetadi.
Ular har yili ortga - O‘zbekistonga yuborayotgan mablag‘lar esa, milliardlab dollarni tashkil etadi.

Bu pullar orqasidan millionlab o‘zbekistonliklarning tirikchiligi o‘tadi.
To‘y-hashamlari bormi, bolalarining oliy tahsili - bu ular aksariyati uchun risoladagidek turmush tarzining asosiy manbai bo‘ladi.

Umumiyatla, yillarki, O‘zbekiston iqtisodini tutib, yuritib keladi. Aholisi mintaqada eng yirigi (34 milliondan ortiq - tahr.) bo‘lgan O‘zbekiston hukumati uchun ijtimoiy muhofaza kamari vazifasini ham o‘taydi.

Qozog‘iston esa, O‘zbekiston bilan birga Markaziy Osiyoning eng yirik ikkita davlatidan bittasi bo‘ladi.
Turkmaniston bilan birga mintaqaning energiya zahiralariga eng boy ikki mamlakatidan biri sanaladi.

Aholisi soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bugun Qozog‘iston aholisining soni qariyb 20 million kishini tashkil etadi. Ammo aksariyat mintaqa davlatlaridan farqli tarzda, tashqi mehnat migratsiyasi mustaqil Qozog‘iston uchun deyarli yot faktor, muammolardan biri bo‘ladi.

O‘zbekiston esa, yangi so‘rovda na-da eng baxtlilar va na-da eng baxtsizlar ro‘yxatida ko‘zga tashlangan.
Bu so‘rovda esa, dunyoning elikka yaqin davlatida o‘n minglab kishining fikri o‘rganilgani aytilgandi.

Manba: bbc.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo, baxtlilar va baxtiyorlar