06:28 / 13.07.2020
2 600

«Kerak bo‘lsa kutasiz», «Man bilmayman» degan mantiqsiz javoblarni olishdan charchadik» – Deputat koronavirus testi javobini ololmayotgani haqida

«Kerak bo‘lsa kutasiz», «Man bilmayman» degan mantiqsiz javoblarni olishdan charchadik» – Deputat koronavirus testi javobini ololmayotgani haqida
Foto: Oliy Majlis Qununchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova uch kundan buyon koronavirusga topshirgan testi javobini ololmayotgani haqida Telegram’dagi kanalida post yozdi.

- "Uch kundan beri koronavirusga topshirgan testimning natijasini ololmayapman...
Koronavirus pandemiyasi xatari allaqachon mamlakatimizga kirib keldi. Kimdir befarq, kimlardir o‘zini-o‘zi himoyalash uchun uydan chiqmaydi. Ammo davlatimiz, Prezidentimiz, mutasaddilar kun-u tun shu xavf uchun kurashish yo‘llarini, davo choralarini topish maqsadida harakatdalar.

Albatta, bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – uyda qolish!
Faoliyatimiz nuqtai nazaridan xalq orasidamiz. Istaymizmi-yo‘qmi, turfa odamlar bilan muloqotda bo‘lamiz. Demak, pandemiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tish vaqt taqozosi biz uchun. Ammo...

Uch kundan beri sanitariya-epidemiologiya markazi shahar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, COVID-19 uchun topshirgan testning natijalarini ololmay halakman. Har safar viloyat sanitariya-epidemiologiya markazidan javoblar hali kelmaganini ro‘kach qilishaverganidan, ochig‘i, zada bo‘ldim. Viloyat «SES» rahbari esa «qizlar» (xodimlar)ga aytib qo‘yganini takrorlashdan, qizlar esa familiyamizni topisholmayotganini ta’kidlashdan, biz esa ular aytganidek, «Kerak bo‘lsa kutasiz», «Man bilmayman» degan mantiqsizgina javoblarni olishdan charchadik rosti...

Axir ayni vaziyatda mana shunday bahonalarga o‘rin bormi?! Aslida bugungi mashaqqatli va sinovli palla avvalgidan tezkorlikni, avvalgidan xushyorlikni, avvalgidan ogohlikni talab qilmayaptimi?! Bilmaslik, bilishni istamaslik, bilishga harakat qilmaslik, vaziyatni boshqarolmaslik, ish ko‘lamining ko‘paygani bahona bo‘la olmaydi! Insonlarning sog‘ligi va hayoti oldida bizga allaqanday vajlarni ro‘kach qilayotgan mutasaddining ish ko‘lami ko‘paygani bahonasi to‘g‘rimi? U aytganday «moda» uchun emas, aslida zarurligi uchun test topshirgan insonlar uchun boshqaruvni qo‘lga olishi, egallab turgan lavozimiga tegishli bo‘lgan axborotlarni bilishi shart!

Test natijalarini vaqtida ololmay o‘zboshimchalik bilan davolangan bemor sog‘lig‘i va test natijalarini kutib vaqtida davolana olmagan bemor hayoti uchun javobgarlikka shu qadar mas’uliyatsizlik bilan qaraladimi?

Shu o‘rinda ko‘rganlarim, guvohi bo‘lganlarim ayni kundagi sohaga aloqador bunday loqaydliklar hanuzgacha Sog‘liqni saqlash tizimining quyi bo‘g‘inlarida urchib yotganiga achinaman. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, biz deputatlarning o‘rganishlari, muammolariga yechim topishlari bir yon-u, befarqlik ildiziga bolta urolmayotganimiz bir yon bo‘layotgani afsuslanarli...

Ehtimol, quyi tizimlar faoliyatini yanada chuqurroq tahlil qilish zarurmi?!..
Bu borada viloyat sanitariya-epidemiologiya markazidan rasmiy javob kutaman!", - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kerak bo‘lsa kutasiz», «Man bilmayman» degan mantiqsiz javoblarni olishdan charchadik» – Deputat koronavirus testi javobini ololmayotgani haqida