2 186
Olim koronavirus mutatsiya qilgani sababli uning yuquvchanligi 30 foizga ortganini ma’lum qildi
Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning ta’kidlashicha, koronavirusning yuquvchanligi uning DNKsida yuz bergan mutatsiya sababli mart oyidagiga nisbatan 30 foizga ortdi. Ushbu olim Hongkong hukumatiga koronavirus bo‘yicha maslahatlar berib boradi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, olim o‘z fikrlari bilan radioeshittirishlardan birida bo‘lishgan. Uning ta’kidlashicha, bu borada xalqaro tadqiqot o‘tkazilgan. U koronavirusning eng tarqalgan shtammida mutatsiya yuz bergani, buning natijasida esa uning yuquvchanligi ortganini ko‘rsatgan. Mart oyida har bir bemor 3 nafar sog‘lom kishiga virusni yuqtirgan bo‘lsa, hozirgi kunda 4 kishini zararlamoqda. Bu ma’lumotlar cheklovlar yumshatilgandan keyin koronavirusning yangitdan avj olishi kuzatilayotgan Hongkongdagi statistika bilan ham tasdiqlangan.
Biroq yaxshi yangilik shundaki, hozircha virus mutatsiya natijasida “qirg‘inbarotroq”qa aylanganining hech qanday belgisi yo‘q.
Olimning ta’kidlashicha, Hongkongni koronavirusning yangi mahalliy avj olishi kutmoqda. Shu sababli u hukumatni keksa odamlarni koronavirusga testlashga alohida e’tibor qaratishga chaqirgan.
Iyul boshida AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirusning yangi shtammi aniqlanganini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, virus mutatsiyalar natijasida tezroq tarqala boshlagan. Buning natijasida uning bemor tanasidagi miqdori ortib boradi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida koronavirus mutatsiya oqibatida tajovuzkorroqqa aylanmagani ma’lum qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi