13:50 / 13.07.2020
2 346

Tadbirkor manfaati himoya qilindi

Tadbirkor manfaati himoya qilindi
Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi “Energiyamontaj” hususiy qorxonasi foydasiga 217.262.137 so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud edi.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar hatlandi.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 217.262.137 so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor manfaati himoya qilindi