18:35 / 13.07.2020
2 709

Buxoroda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 500 dan ortiq shaxs o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Buxoroda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 500 dan ortiq shaxs o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Buxoro tumanida turli mavsumiy mehnat bilan band bo‘lgan, shuningdek o‘zini o‘zi band qilib daromad topadiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yashirishning hojati yo‘q shu kunga qadar mazkur hududdagi 2300 dan ortiq norasmiy daromad topib kelayotgan shaxslarning faoliyati hech qayerda qayd etilmasdi. Bu esa ushbu shaxslar pensiya yoshiga yetganda nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yo‘qligi muammosini keltirib chiqarardi.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020 yil 9 iyundagi «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori aynan ana shundanday shaxslarga qator yengillik va imtiyozlar berishga qaratilgan.

Buxoro tumani davlat soliq inspeksiya xodimlari shu kunlarda karantin talablariga rioya qilgan holda joylarda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularga yangi tartib bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun berilgan yengilliklarni keng tushuntirilmoqdalar.

- Qariyb ikki yildan buyon uyda velosipedlarni ta’mirlash bilan shug‘ullanib kelardim, deydi - “Kunjiqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yuqorinometan qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli fuqaro Safarov Husniddin. - To‘g‘risini aytishim kerak, bu norasmiy faoliyatim bilan kelajakda tayinli pensiya ololmasam kerak deb o‘ylab yurgandim.

Bugun davlat soliq xizmati xodimlaridan 2020 yil 1 iyuldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytirilib, ularni soni 67 taga yetgani, shuningdek o‘zini o‘zi banda qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinganini eshitib rosti xursand bo‘ldim va shu kunning o‘zida “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tdim. Endi men haqiqatda ishlagan vaqtimdan qat’i nazar, bor yo‘g‘i 111 500 so‘m to‘layman xolos. Ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirilar ekan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, davlat soliq inspeksiya xodimlari tomonidan uy sharoitida duradgorlik, hunarmandchilik, ustachilik, tomarqachilik va tikuvchilik kabi faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 700 dan ortiq shaxslar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida shu kunga qadar ushbu hududdan jami 560 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 500 dan ortiq shaxs o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi