18:55 / 13.07.2020
1 401

Fuqaro foydasiga 112,9 mln. so‘m ma’naviy zarar undirildi

Fuqaro foydasiga 112,9 mln. so‘m ma’naviy zarar undirildi
Majburiy ijro byurosining Shayhontoxur tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining 02.03.2020 yildagi 2-1003-2002/473-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “TOUROS TRADING” MCHJdan undiruvchi fuqaro B.Alixanov foydasiga jami 112 mln. 948 ming so‘m ma’naviy zarar undirish ko‘rsatilgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. MIB tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyatga nisbatan belgilangan ixtiyoriy muddat ichida ma’naviy zarar bartaraf qilinmagan.

Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi O.Sultonov tomonidan qarzdor korxonadan undirilishi lozim bo‘lgan 112 mln. 948 ming so‘m pul mablag‘lari joriy yilning 30 iyun kuni undiruvchi fuqaro B.Alixanov foydasiga to‘liq undirib berildi. Mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-qismi bilan tamomlanib, qarzdor jamiyatga nisbatan qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)