00:04 / 14.07.2020
3 017

Zarurat bo‘lsa, yana qo‘shimcha cheklovlar e’lon qilinishi mumkin – Adliya vaziri o‘rinbosari

Zarurat bo‘lsa, yana qo‘shimcha cheklovlar e’lon qilinishi mumkin – Adliya vaziri o‘rinbosari
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kurashda karantin mavjud tartiblar ichida eng mutanosibi bo‘lib turibdi va natija bermoqda. Zarurat bo‘lsa, mazkur tartib doirasida vaziyatga qarab qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi ham mumkin.
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov AOKAda o‘tkazilgan brifingda pandemiya davrida O‘zbekistonda nima sababdan favqulodda vaziyat e’lon qilinmayotganiga izoh berdi.

«Dunyo mamlakatlari tajribasi koronavirusga qarshi kurash natijalari favqulodda holat, favqulodda vaziyat, komendantlik soati, karantinning alohida yoki birgalikda joriy qilinganiga bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston qonunchiligi ham favqulodda holat, favqulodda vaziyat, karantin tartibi kiritilishiga imkon beradi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandiga muvofiq, prezident fuqarolar xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, respublikaning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etishi mumkin
», deya izoh berdi Muzraf Ikromov.

Vazir o‘rinbosari «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi qonunning 3- va 31-moddalariga binoan, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma’muriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini ko‘zda tutuvchi cheklovchi tadbirlar, ya’ni karantin kiritilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Muzraf Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kurashda karantin mavjud tartiblar ichida eng mutanosibi bo‘lib turibdi va natija bermoqda. Zarurat bo‘lsa, mazkur tartib doirasida vaziyatga qarab qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi ham mumkin.

Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimalar maxsus komissiya qarorlariga binoan emas, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik kodeksiga asosan qo‘llanayotganini, hammasi qonunchilikka muvofiq ekani ham qayd etib o‘tildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarurat bo‘lsa, yana qo‘shimcha cheklovlar e’lon qilinishi mumkin – Adliya vaziri o‘rinbosari