10:46 / 14.07.2020
4 434

Nurmat Otabekov profilaktika uchun tavsiya qilingan dorilarni sanadi

Nurmat Otabekov profilaktika uchun tavsiya qilingan dorilarni sanadi
Kecha AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda mutaxassis quyidagi savolga javob qaytardi.

– Bizga «Ergoferon» ichish kerakligini uyimizga kelib hamshiralar aytishayapti. Bu immunitetni ko‘tararmish. Koronavirus yuqishiga qarshi deyishayapti. Shu rostmi?
– Koronavirus infeksiyasining oldini olishda birinchi navbatda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish zarur. Xamshiralar fuqarolarga eng avvolo shuni tushuntirishlari kerak, koronavirus hamshira davolaydigan kasallik emas.

Kasallik profilaktikasi uchun yoki kasallik belgilari namoyon bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak, har xil tavsiyalar va reklamadagi preparatlar bilan bilib-bilmay o‘zboshimchalik bilan davolanish natijasida kasallikni og‘ir formasiga o‘tkazib yuborish mumkin.

Shu bilan birgalikda mutaxassislar profilaktika maqsadida Azitromitsin, Plakvenil va Lopiavir/ritonavir, Remdesivir, Umifenovir, Favipiravir dorilarining birontasini shifokorlar tavsiyasiga asosan qabul qilib turishni tavsiya etmoqdalar, – dedi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov profilaktika uchun tavsiya qilingan dorilarni sanadi