11:27 / 14.07.2020
1 177

Toshkentda bir kechada 201 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkentda bir kechada 201 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 14 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 281 taga ko‘payib, jami 13 872 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining
- 201 tasi Toshkent shahrida (shundan 50 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 tasi aholi orasida),
- 21 tasi Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
- 20 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
- 15 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
- 6 tasi Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida,
- 15 tasi Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida),
- 3 tasi Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shaxslarning 8030 nafari sog‘aygan, 64 nafari esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)