15:45 / 14.07.2020
5 642

Koronavirus bilan kasallanmaslikning uchta imkoniyati aytildi

Koronavirus bilan kasallanmaslikning uchta imkoniyati aytildi
Rossiyalik immunolog, jamoat salomatligi va xalqaro sog‘liqni saqlash bo‘yicha ekspert Nikolay Kryuchkov inson qaysi holatlarda koronavirus bilan kasallanmasligi haqida ma’lum qildi.

Birinchisi, kuchli tug‘ma immunitet, ikkinchisi, turli mavsumiy koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish natijasida paydo bo‘lgan immunitet, uchinchisi, kasallikning yengil shaklda kechishi.
Mutaxassisning fikricha, dastlabki ikkita holatda, shamollashdan keyin paydo bo‘lgan immunitet tufayli koronavirus umuman tanaga kirmaydi.

Uchinchi holatda esa, infeksiyani inson hatto sezmasligi va e’tibor bermasligi mumkin. Masalan, bir necha kun yo‘taladi va shu bilan hammasi o‘tib ketadi. Shu bilan birga, tanada infeksiya bo‘ladi va o‘ziga xos immunitet saqlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bilan kasallanmaslikning uchta imkoniyati aytildi