18:13 / 14.07.2020
2 664

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 900 mingga yaqinlashdi

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 900 mingga yaqinlashdi
Davlat test markazi 2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
2020 yil 13 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 865 153 nafarni tashkil qilmoqda.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari soni 397 373 nafar (45,93 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:
- Kunduzgi ta’lim shakli – 514 904 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli – 333 492 nafar;
- Kechki ta’lim shakli – 16 757 nafar.

Tillar kesimida:
O‘zbek tili – 760 314 nafar;
Rus tili – 80 685 nafar;
Qoraqalpoq tili – 22 219 nafar;
Boshqa tillar – 1 935 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:
- Samarqand davlat universiteti – 47 037 nafar;
- Andijon davlat universiteti – 38 238 nafar;
- Qarshi davlat universiteti – 33 998 nafar;
- Namangan davlat universiteti – 32 536 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti - 32 077 nafar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 900 mingga yaqinlashdi