07:55 / 15.07.2020
2 566

Yuk avtomashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi

Yuk avtomashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovar moddiy boyliklarni yashirin tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro J.J. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, mazkur avtotransport vositasiga tegishli yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, avtotransport vositasiga xufyona yashirilgan, umumiy qiymati 75,6 million so‘mlik jami 779 dona yengil avtotransport vositasi ehtiyot qismlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk avtomashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi