12:41 / 15.07.2020
2 166

MIB: karantinda ham Qashqadaryodagi oilalar yarashtirilmoqda

MIB: karantinda ham Qashqadaryodagi oilalar yarashtirilmoqda
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar tarbiyasi izdan chiqib ketishiga avvalo ota-onalar ajrashishi sabab bo‘lmoqda. Ajrashib yashayotgan ayrim ota-onalar farzandlarining tarbiyasida umuman ishtirok etmasligi, hatto farzandi moddiy ta’minotini ham ixtiyoriy amalga oshirmayotganligi achinarli holat.

Majburiy ijro byurosi xodimlari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida nafaqat aliment qarzdorliklarini undirib, to‘lamaganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi, balki voyaga yetmagan bolalar taqdiriga befarq bo‘lmagan holda ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 12.06.2020 yildagi qarzdor G‘.Turdimurodovdan undiruvchi X.Avazova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha oilaning muqaddasligi va farzandlarning ertangi taqdiri to‘g‘risidagi tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyildi.

Tushuntirishlar natijasida bu oila qayta tiklandi. Yosh oilaga kelgusida tinch-totuvlikda birgalikda uzoq umr kechirishlariga tilak bildirildi. Karantin davrida shuningdek, Majburiy ijro byurosining Dehqonobod tuman bo‘limi ham oilalarni yarashtirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Jumladan, FIB Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 10.06.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.Ergashevdan undiruvchi R.Imomovaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi, bu oilaning ham yarashganligi munosabati bilan ijro hujjati yakunlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: karantinda ham Qashqadaryodagi oilalar yarashtirilmoqda