13:30 / 15.07.2020
1 859

O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar Davlatimiz rahbarining iyun oyidagi 4742-sonli O‘zini o‘zi band bo‘lgan fuqarolarni soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida Qarorlari qabul qilinib, ushbu fuqarolarga qulayliklar, keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.

Xususan, ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 23 tadan 67 taga kengaytirilib, endilikda norasmiy sektorda band bo‘lgan fuqarolarimizning faoliyati legallashtiriladi. Mobil ilova orqali ruyxatdan o‘tishlari bepul qilib qo‘yildi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni hisobga olinish ularga amaliy ko‘mak berish borasida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina Toshkent tumani davlat soliq inspeksiyasida yil davosida 67 ta faoliyat turi bo‘yicha 1412 nafar fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar 63 nafar fuqaro yashash manzili bo‘yicha hamda 43 nafar fuqaro faolyait manzili bo‘yicha ro‘yxatga olindi. Iyul oyi bo‘yicha bu ko‘rsatgich 212 ta bo‘lishi rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent tuman hududidagi dehqon bozorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchilar, tikuvchilar, aholi uylarini ta’mirlovchilar, transport vasitalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, sartaroshlar, nonvoylarni hisobga olish bo‘lib, ularga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha 9 nafar DSI xodimi jalb qilingan.

- Bugun o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida mobil ilova orqali bepul ro‘yxatdan o‘tdim,-deydi Toshkent tumani Qo‘qsaroy QFY F.Xadjayev ko‘chasida istiqomat qiluvchi Muxtabar Xayitmetova. Shirinliklar tayyorlab xalqimizning yaxshi kunlarida xizmat qilyapman. Sohada 12 yillik tajribam bo‘lsada, mehnat faoliyatim hech qayerda qonuniy qayd etilmagan edi. Endilikda ish stajim mehnat daftarchasiga yoziladi, bu esa pensiya yoshiga yetganimda nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yo‘qligi muammosini bartaraf etadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida qilinayotgan bu kabi ezgu ishlar mamlakat iqtisodiyotda o‘sishi va albatta aholi farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar