18:04 / 15.07.2020
2 535

Sirdaryoda sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani rostmi?

Sirdaryoda sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani rostmi?
Sirdaryo viloyati nazorat-o‘tkazish punktida sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda jurnalist Jafarbek Solijonov o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 13 iyul kuni Guliston shahriga kirish qismda uzundan uzun sun’iy tirbandlik yuzaga kelgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining sudyasi A.E. (1977 yilda tug‘ilgan) 1 soatdan ortiq vaqt kutgan. Soat 09:40 larda kirish umuman to‘xtatilgan.

Ishga shoshilayotgan sudya IIB xodimlaridan blok-postni ochishini so‘ragan. Ammo orada tortishuv yuzaga kelib, IIB xodimlari uni mashinasidan tushirib do‘pposlagan. Keyinroq IIB xodimi sudyaning mashinasini haydab, uni voqea joyidan 300 metr uzoqlikda tashlab ketgan.

Sudyaning kaltak yegan holati tez tibbiy yordam daftariga soat 10:20 da qayd etilgan. Unga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan.

Ayrim guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, IIB xodimlari uning sudya ekanligini dastlab bilmagan, u fuqarolik kiyimida bo‘lgan. Undan tez yordam mashinasini o‘tkazib yuvorishni so‘rashgan, sudya esa bunga unchalik e’tibor bermagan. Bu esa janjalga olib kelgan. Shu vaqtda xodimlar uning sudya ekanligini bilgan.

Boshqa bir guvohning aytishicha, xodimlar uning sudya ekanligini avvaldan bilgan. Ayrim guvohlar voqea holatini to‘liq videoga olgan bo‘lib, u prokuraturaga taqdim etilgan. Voqea joyida tez yordam mashinasi bo‘lmagani aytilmoqda.

Ayni paytda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilgan. Shuningdek, avtotransport harakati ham cheklangan. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular orasida sud organlari xizmat avtotransport vositalari ham kiritilgan.

«Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 70-moddasiga ko‘ra, sudyalarning shaxsi daxlsiz. Sudya daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani rostmi?