00:10 / 16.07.2020
3 388

Optik illyuziya: Suratdagi bosh qaysi zebraga tegishli?

Optik illyuziya: Suratdagi bosh qaysi zebraga tegishli?
Foto: Twitter / Parveen Kaswan
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ikkita zebraning surati optik illyuziya sabab ko‘pchilik foydalanuvchilarni chalkashtirib yubordi. Surat hindistonlik yovviy tabiat suratkashi Sarosh Lodxi tomonidan Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasida olingan bo‘lib, uning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan.

Kadrdan ikkita zebra o‘rin olgan bo‘lib, ulardan biri kameraga qarab turibdi, ikkinchisi esa boshini orqa tarafga yashirgan. Biroq suratda bosh qaysi biriga tegishli ekanligini ajratib olish mushkul.

Mazkur surat e’lon qilinganidan so‘ng u minglab layk va izohlar to‘plagan. Ayrim foydalanuvchilar bosh chap tarafda turgan zebraga tegishli desa, boshqalar — o‘ng tomondagisiga demoqda.

Surat muallifi chap tarafdagi zebrani tanlaganlar to‘g‘ri topganliklarini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Optik illyuziya: Suratdagi bosh qaysi zebraga tegishli?