05:23 / 16.07.2020
2 224

AQSH: Mashhur qo'shiqchi Rianna hamda uning do'stlari nega prokurorga murojaat qilishdi?

AQSH: Mashhur qo'shiqchi Rianna hamda uning do'stlari nega prokurorga murojaat qilishdi?
Bilamizki, AQSHda yuzaga kelgan qator ommaviy namoyishlar sababi Jorj Floydning o‘limi bilan bog‘liq holat edi. Biroq BBC.com xabariga ko‘ra, dunyo tanigan mashhurlar Rianna, Jey-Z hamda boshqa yana o‘nlab mashhur shaxslar 2010 yilda sodir bo‘lgan yana shunga o‘xshash holat yuzasidan Sud ishi qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishmoqda.

Ular AQSHning bosh prokurori hamda eng kuchli huquqshunosi hisoblangan Uilyam Barrga yo‘llagan maktubida Danroy Henri ismli DJ oq tanli politsiya ofitseri tomonidan nohaq otib o‘ldirilganligi haqida bayon qilishgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, DJ qotillik sodir etilgan kecha do‘stlari bilan bitiruvchilar kechasini nishonlash uchun barga borgan hamda u yerda janjal kelib chiqqan. Voqea joyiga politsiya chaqirilgan.

DJ do‘stlari bilan ko‘chaga chiqib, mashinasiga o‘tirgan, oq tanli politsiyachi kelib mashinani to‘xtatgan va uni mashinadan olib chiqqan. Shu yerda uni otib o‘ldirgan. Biroq sud ishida politsiyachi oqlangan. Henrining oilasi adolat istab bir necha bor sudni ishni qayta ko‘rib chiqishga da’vat qilgan. Biroq ularning talablari bajarilmagan.

Mashhur insonlar aralashuvi natijasida bu da’vo ham AQSHda ikkinchi marta keng ommaviy namoyishlarga sabab bo‘lmasligini tilab qolardik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH: Mashhur qo'shiqchi Rianna hamda uning do'stlari nega prokurorga murojaat qilishdi?